«ASR» mehmonxonasi

«ASR» mehmonxonasi barcha zamonaviy talablarga javob beradi, qolaversa kechayu-kunduz mehmonlarni qabul qilish xizmati, qulay xonalar, bepul yuqori tezlikdagi internet, zamonaviy yumshoq yotoqxonalar, Sputnik va kabel Televideniyesi, uzluksiz issiq va sovuq suv, kir yuvish xizmatlari, avtomobil xizmati shaxsiy haydovchisi bilan hamda taksi xizmati, Gid tarjimon, Qo`qon va Farg`ona vodiysi sayohatgohlari bo`ylab ekskursiya xizmati, korrespondensiyalar va faks yuborish xizmati, xonaga tushlik hamda kechki ovqat buyurtirish xizmati, mashinangiz uchun bepul turar joy xizmatini taqdim etadi.

Barcha qulayliklardan tashqari, biz sizga mazali shved stolini ham taqdim etamiz.

«ASR» mehmonxonasi tarixiy Qo`qon shahrining Movarounnaxr ko`chasi 43 uyida joylashgan. Sizning bizning shahrimizga bo`lgan tashrifingiz qulay bo`lishi uchun, biz sizga zamonaviy hamda shinam mehmonxona tashkil qildik. Mehmonxona barcha zamonaviy talablarga javob beradi. Mehmonxonaning yana bir qulayliklaridan biri shundan iboratki, u temir yo`l vokzalidan 1 km masofada joylashgandir. Bizning shiorimiz «Har qanday qulayliklar mijoz uchun» an`anasiga sodiq qolgan holatda, biz sizning tarixiy quyoshli shahrimizga bo`lgan tashrifingizdan maksimal darajada unutilmas hamda yorqin taassurotlar olishingiz uchun qo`limizdan kelgan barcha qulayliklarni yaratamiz.

Siz hamisha bizning sevimli mehmonimizsiz!!!